Yurtimizdagi karantin va murakkab epidemiologik sharoitni inobatga olib, "DANIEL HILL HOTEL" mehmonxonasi, chet ellik investorlar bilan kelishilgan holda, Sog`liqni saqlash vazirligiga ko`mak va xizmat uchun tayyorligini ma`lum qildi. Bu haqda koronavirus.info kanali xabar berdi.
Mehmonxona birinchilardan bo`lib beminnat homiylik tashabbusi bilan chiqdi. DANIEL HILL HOTEL mehmonxonasi O`zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlash uchun 350 kishi uchun moslangan 150 xona ajratish va shu bilan birgalikda, ularni 3 mahal taom bilan ta`minlashga tayyor ekanligini bildirdi.
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#karantinbezpaniki