13

“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)

Jamiyat 23.03.2020, 14:31
Теглар: Foto
586
“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)

Ma`lumki, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e`lon qilinganligi va bunga ko`ra barcha davlat va jamoat joylarida sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish choralari amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda “Maxsustrans” IChB Davlat unitar korxonasi Sanitariya epidemiologiya stansiyalari bilan shartnoma imzoladi. Unga ko`ra, mavjud barcha avtokorxona filiallari, servislar, avtokolonnalar, 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari, 435 ta maxsus texnikalar doimiy ravishda dezinfeksiya kilinyapti.

Bugungi kunda “Maxsustrans” DUK barcha ishga chiqishi zarur bo`lgan xodimlari maxsus dezinfeksiya qilingan avtobuslarda tashilib, ularga doimiy ravishda tibbiy niqoblar tarqatilishi yo`lga qo`yilgan, ishga chiqishiga zarurat bo`lmagan xodimlar esa uy sharoitida masofadan turib faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

 

Bundan tashqari chiqindi orqali virus tashilishining oldini olish maqsadida “Maxsustrans”ga tegishli Yashnobod, Yunuobod, Yakkasaroy tumanlarida joylashgan barcha qayta yuklash shahobchalarida ham dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.  

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Toshkent shahridan bir kunda 2 ming tonnagacha chiqindi olib chiqilishini inbatga olib, “Maxsustrans” o`z faoliyatini odatiy rejimida davom ettiradi fuqarolardan esa uyda qolishlarini so`rab qoladi.

Шарҳлар

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari haydovchilarga niqob tarqatmoqda

23.03.2020, 14:00

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan xavfsizlik uchun niqob taqmay harakatlangan haydovchilarni ogohlantirib, ularga niqob tarqatmoqda. 
Madaniyat vazirligi ayollar qamoqxonasida bayram tadbirini tashkil etdi

07.03.2020, 21:47

Bugun Madaniyat vazirligi tomonidan 8 mart  - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan Toshkent viloyati, Zangiota tumani 21-sonli ayollar umumiy tartibdagi koloniyasida bayram tadbiri tashkil...
Navoiyda IIB tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o`rtasida bellashuv tashkil etildi

07.03.2020, 10:41

Navoiy viloyati IIB tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar o`rtasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o`tkazilgan estofeta 4 shartdan iborat bo`ldi. 1- shart milliy taom hisoblangan oshni...
Jizzaxda maktabda o`quvchilarning sochi chizg`ich bilan o`lchab chiqildi (Foto)

28.02.2020, 14:47

Jizzax shahridagi 24-maktab telegram kanalida o`qituvchilar o`quvchilarning sochini chizg`ich bilan o`lchashayotgani rasmlari e`lon qilindi. Bu haqda bloger Nozim Safari xabar qilgan.Sochi me`yordan ortgan o`quvchilar doskaga...