Avstraliya Milliy Olimpiya Qo`mitasi (AOQ) koronavirus tarqalish xavfi tufayli jamoani 2020 yil Tokiodagi Olimpiya o`yinlariga yuborishdan bosh tortdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
AOQ ta`kidlaganidek, hozirgi sharoitda jamoani yig`ish mumkin emas. "Biz ishonamizki, endi sportchilar birinchi navbatda sog`liq va atrofdagilar haqida o`ylashlari kerak", deyiladi bayonotda. Qo`mita avstraliyalik sportchilarga 2021 yilgi o`yinlarga tayyorgarlik ko`rishni buyurdi.