my5

Koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli chiqdi

Dunyo 24.03.2020, 08:10
8050
Koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli chiqdi

International Journal of Antimicrobial Agents nashri xabariga ko`ra, fransiyalik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi dori vositasining klinik tadqiqotlari natijasi muvaffaqiyatli bo`lganini ma`lum qildi. Bu haqda "Zamin" yozmoqda.

Fransuz olimlari gidroksixloroxinning koronavirusga alohida va azitromisin antibiotigi bilan birgalikdagi ta`sirini o`rganishdi. Tadqiqotlar Marsel universitetining Méditerranée Infection gospitalidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida o`tkazildi.

Tadqiqotlarda COVID-19 simptomi bo`lgan va simptomlar bo`lmagan 36 kishi ishtirok etdi. Besh kun davomida yangi dori vositasini qabul qilgan olti bemorda koronavirus testi salbiy chiqdi, ya`ni ularning barchasi tuzaldi.

Olimlar ushbu natijani tasdiqlash uchun kengroq miqyosdagi klinik tadqiqotlar o`tkazilishi kerakligini qayd etishmoqda.

Шарҳлар