AsosiyJinoyat

Buxoroda tanishining rasmlarini internetga joylashtirish bilan qo`rqitib, pul talab qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Buxoroda tanishining rasmlarini internetga joylashtirish bilan qo`rqitib, pul talab qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Buxoro shahrida yashovchi voyaga etmagan 17 yoshli T.R., 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning fevral oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida 20 yoshli G.Yu. bilan o`zaro gaplashib yurib, B.P., ning fotosuratlarini uyali aloqa vositalariga yuklab olib, ushbu fotosuratni internet tarmoqlarida tarqatib, oshkor qilish bilan qo`rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, fotosuratlarni oshkor qilmaslik evaziga 2.850 AQSh dollari va turli xildagi tilla-taqinchoqlarni berishga majbur qiladigan sharoitga solib, G.Yu., ning mulkini tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 mart kuni Buxoro shahri 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan voyaga etmagan T.R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, T.R. gumon qiniuvchi tariqasida jalb qilingan va o`rnatilgan tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. (Matnda ko`rsatilgan ismlar o`zgartirilgan).

    Boshqa yangiliklar