AsosiyJamiyat

Bahrom Almatov: “20 yoshli qiz kasallikni bilib-bilmay, jamoat transportida, ish jarayonida yuqtirgan bo`lishi mumkin” (Video)

'Bahrom Almatov: “20 yoshli qiz kasallikni bilib-bilmay, jamoat transportida, ish jarayonida yuqtirgan bo`lishi mumkin” (Video)'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo`lib o`tdi. 

Savol: Kasallangan bemorlar ichida chet elda bo`lib qaytmagan, chet elda bo`lib qaytgan shaxslar bilan kontaktda bo`lmagan holatda virusni yuqtirib olgan shaxslar bormi?

Javob: Afsuski, bor.  20 yoshli qizda shunday holat  aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan kontaktda bo`lmagan. Biroq u o`zi xohlagan va xohlamagan, bilib-bilmagan tarzda jamoat transportida, ish jarayonida umumiy foydalanadigan buyumlardan foydalangan bo`lishi va shu orqali kasallikni yuqtirib olgan bo`lishi mumkin. Bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o`tkazdik, ular sog`lom. Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi.

Boshqa yangiliklar