my5
all

Joriy yilning yozida bo`lib o`tishi belgilangan "Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari" keyingi yilga qoldirildi

Sport 24.03.2020, 18:48
844
Joriy yilning yozida bo`lib o`tishi belgilangan "Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari" keyingi yilga qoldirildi

 

Xalqaro Olimpiya qo`mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida bo`lib o`tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining keyingi yili o`tkazilishi bo`yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda sport jurnalisti Deven Eru xabariga tayanib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Tokio Olimpiadasi 2021-yilning yoz faslida bo`lib o`tadi. Bu xabarni Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqlagan.

Tokio 2020 Olimpiya o`yinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar, Paralimpiya o`yinlari esa 25-avgustdan 6-sentyabrga qadar o`tkazilishi rejalashtirilgan edi.

 

Шарҳлар