Dunyoni larzaga keltirayotgan koronavirusdan insonlar aziyat chekayotgan bir davrda mashhur va badavlat insonlar hayriya yo`llari bilan yordam qo`lini cho`zishmoqda.
Masalan, "Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh koronavirus bilan xastalangan bemorlar uchun intensiv terapiyaning 2 ta bo`limini moliyalashtirishga qaror qilishdi.
Lissabon va Portu shaharlaridagi shifoxonalar umumiy hisobda 1 million funt sterling miqdorida yordam olishadi.
"Bavariya" futbolchilari mavsumning to`xtatilishi tufayli klub xodimlarini qo`llab-quvvatlashga qaror qilishdi. Futbolchilar maoshining 20 foizidan voz kechishga rozi bo`lgan. Bu mablag`lar klubdagi boshqa xodimlarning ish haqini to`lab berishga sarflanadi.
"Barselona" sardori Lionel Messi koronavirusga qarshi kurashga qo`shildi. Argentinalik futbolchi koronavirusni o`rganayotgan Kataloniyadagi Hospital Clinic shifoxonasiga 1 million evro xayriya qildi. Shuningdek, Messi Argentinadagi klinikalarga bir qator xayr-ehsonlarni amalga oshirdi.
Ishonchimiz komilki, bizning yurtimizda ham ana shunday sahovatpeshsha insonlar ko`p. Bugungiay qiyin vaziyatda bir-birimizga mehr oqibatli bo`lishni unutmaylik.