Qozog`istonda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 79 taga etdi

Dunyo 25.03.2020, 16:00
299
Qozog`istonda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 79 taga etdi

Qozog`istonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasining yana ettita yangi holatini aniqladilar. Koronavirus bilan kasallanganlar soni 79 kishiga etdi.

41 ta holat Nur-Sultonda, 31 ta Olma-Otada, 2 ta Qarag`anda va 1 tadan holat Chimkent, Olma-Ota, Aqto`be, Jambul va Shimoliy Qozog`iston viloyatlarida qayd etilgan.

Hozirda butun dunyoda bo`ylab 422 941 nafar kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 109 102 nafari ushbu kasallikdan tuzalgan. 18 907 nafari esa vafot etgan.

Шарҳлар