AsosiyJinoyat

Xorijda ishga joylashtirishni va`da qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Xorijda ishga joylashtirishni va`da qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

19 mart kuni Mirobod tumani IIO FMBga 56 yoshli Aliya K. murojaat qildi. 

Uning aytishicha, u Yaponiyada katta maoshli ishga joylashtirishni va`da qilib, shu bahona undan 6000 AQSh dollari olgan 38 yoshli Baxodir G. bilan 2019 yil 29 dekabr kuni “Oybek” metro bekati yonida uchrashgan. Ammo Baxodir G. va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Nukuslik Baxodir G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar