AsosiyDunyo

Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko`paydi

'Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko`paydi'ning rasmi

Rossiyada bir kunda koronavirusga chalinganlar soni bo`yicha yangi rekord o`rnatildi — so`nggi sutka davomida kasallanish bo`yicha 163 ta yangi holat qayd etildi.  Ularning aksariyati — 120 tasi Moskvada aniqlangan.

Qolgan 43 ta holat Rossiyaning turli hududlarida qayd etilgan. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 658 kishiga etgan, shulardan 28 nafari tuzalgan. Kasallanganlarning 410 nafari Moskvada aniqlangan.

«Hozirgi kunda Rossiyada infeksiyaning bunday tez tarqalishi fuqarolarning Evropa mamlakatlaridan olib kelinishi bilan bog`liq. Chet eldan qaytib kelgandan keyin 14 kun davomida izolyasiya qoidalariga qat`iy rioya qilish lozimligini eslatib o`tamiz», — deyiladi «Rospodrebnadzor» xabarida.

Bir kun avval Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha 57 ta holat qayd etilgan. 25 martga kelib esa ular soni qariyb uch baravarga oshgan.

    Boshqa yangiliklar