Singapur olimlari koronavirusni tez fursatda aniqlaydigan testni ishlab chiqishdi. Singapur Fan, texnologiyalar va tadqiqotlar agentligi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan, ushbu test besh daqiqada natijani aniqlab beradi. Bu xaqda straitstimes internet nashriga asoslanib rbc.ua xabar bermoqda.
Tadqiqot guruhi rahbari professor Jeki In, ushbu testdan amaliyotda ommaviy foydalanish bir oy ichida boshlanadi, deb taxmin qilmoqda. Hozirgi vaqtda testning klinik sinovlari o`tkazilgan va ular yaxshi samara ko`rsatgan.
"Ruxsat olingandan so`ng, testlar deyarli barcha klinikalarda o`tkaziladi", deydi Jek In.
Ta`kidlanishicha, ushbu test yordamida mahalliy laboratoriyalar kuniga ikki mingtagacha shunday sinovni amalga oshirishi mumkin. Agar odamda koronavirus aniqlansa, shu zahoti karantinga joylashtiriladi. Bu esa koronavirusning tarqalishini to`xtatishga katta yordam beradi.
Eslatib o`tamiz hozirda, Singapurda 500 dan oshiq kishida kasallik aniqlangan. Ularning bir qismi tuzalgan. Vafot etganlar ham sanoqli.