13

Bugundan“Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi

Jamiyat 26.03.2020, 15:13
723
Bugundan“Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi

26 mart kunidan “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatilmoqda.

O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub`ektlariga salbiy ta`sirni kamaytirish bo`yicha hukumat darajasida qator choralar ko`rilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo`lganlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Axborot faoliyati va ma`lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo`yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi topshirig`iga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.

Шарҳлар