13

«Bizni yorqin kunlar kutmoqda” – Erdo`g`an Turkiya 2-3 hafta ichida koronavirusni engishini aytdi

Dunyo 26.03.2020, 15:45
848
«Bizni yorqin kunlar kutmoqda” – Erdo`g`an Turkiya 2-3 hafta ichida koronavirusni engishini aytdi

Turkiya jiddiy choralar qo`llash orqali koronavirus tarqalishini ikki-uch hafta ichida bartaraf etadi hamda iloji boricha kam zarar ko`rishga harakat qiladi, dedi Prezident Toyyib Erdo`g`an chorshanba kuni.

Turkiyada barcha maktablarga berilgan ta`til 30 aprelga qadar uzaytirildi.

25 mart kuni Turkiyada koronavirusdan 15 kishi vafot etdi va qurbonlar soni 59 taga etdi. Virusni yuqtirib olganlar 2,433 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatga kasallik kirib kelganidan beri 33,000 ga yaqin odam tekshiruvdan o`tkazilgan.

Erdo`g`an televideniya orqali xalqqa qilgan murojaatida Turkiya virus tarqalishidagi har qanday holatga tayyor ekanligini aytdi va turklarni sabr-toqat qilish, vaziyatni tushunish va qo`llab-quvvatlashga chaqirdi.

«Ikki-uch hafta ichida virusning tarqalish tezligini to`xtatish orqali imkon qadar kam zarar bilan ushbu davrni engib o`tamiz. Bizni yorqin kunlar kutmoqda. Lekin buning sharti shuki, biz ogohlantirishlarga amal qilishimiz, ehtiyotkor va sergak bo`lishimiz darkor. Biz uchun har bir fuqaroning hayoti bir xil darajada qadrlidir. Shuning uchun biz «Turkiya xalqi uyda qoling» deymiz” dedi Erdo`g`an.

Turkiyada virus tarqalishini to`xtatish uchun bir qator jiddiy choralar ko`rildi. Jumladan jamoat joylaridan foydalanishni cheklandi, qariyalarga qisman komendantlik soati joriy qilindi, shuningdek, maktablar, kafe va barlar yopildi, ommaviy namoz vaqtinchalik man qilindi, sport o`yinlari va aviareyslar to`xtatildi.

Шарҳлар