AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda 101 ta karantin qoidalarini buzish holati aniqlandi

'Toshkentda bir kunda 101 ta karantin qoidalarini buzish holati aniqlandi'ning rasmi

25 mart kuni mobaynida Respublikamiz bo`ylab, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda IIBB PPX xodimlari tomonidan 325 ta karantin qoidalarini buzish holati aniqlandi va tartibbuzarlar Ichki ishlar vazirligining hududiy bo`linmalariga etkazildi.

Birgina Toshkent shahrining o`zida 101 holat (jamoat joyida niqobsiz yurish 66 ta, uy karantini tartibini buzish 35 ta) qayd etildi.

Hurmatli yurtdoshlar, karantin qoidalariga so`zsiz amal qilishingiz, avvalo o`zingiz, oila a`zolaringiz va yaqinlaringiz sog`lig`i kafolatidir.

    Boshqa yangiliklar