AsosiyJamiyat

Ish haqi saqlangan holda ta`til beriladi deyishgandi, ammo meni o`z hisobimdan ta`tilga chiqarishdi...

'Ish haqi saqlangan holda ta`til beriladi deyishgandi, ammo meni o`z hisobimdan ta`tilga chiqarishdi...'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ta`til olish huquqi bo`yicha savolga javob berildi.  

❓Ikkita bolasi bor ota-onalarga yoki vasiylariga ish haki saqlangan holda ta`til beriladi deyilgandi. Ikki nafar yosh bolam bor. Lekin meni o`z hisobimdan mehnat ta`tilga chiqarishdi. Bunday vaziyatda qanday yo`l tutishim kerak?  

❗️Bunday holatda mehnat ta`tili ish beruvchi bilan avvaldan tasdiqlangan grafikdan qat`iy nazar beriladi.  

Agar siz joriy yil uchun mehnat ta`tilidan foydalangan bo`lsangiz yoki ta`tillar grafigidagi muddatni o`zgartirmoqchi bo`lmasangiz, ish beruvchi bilan kelishgan holda yo masofadan ishlashingiz, yo to`liq bo`lmagan ish rejimiga o`tishingiz yoki bo`lmasa, o`z hisobingizdan ta`til olishingiz mumkin. Har qanday holatda sizning roziligingiz talab qilinadi.

Boshqa yangiliklar