13

Qoraqalpog`istonda ham ba`zi transport yo`nalishlariga cheklov belgilandi

Jamiyat 26.03.2020, 18:52
Теглар: Qoraqalpog`iston, cheklov
243
Qoraqalpog`istonda ham ba`zi transport yo`nalishlariga cheklov belgilandi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Nukus-Toshkent (“O`zbekiston havo yo`llari”) va Nukus-Moskva (“Uralskie avialinii”) yo`nalishidagi aviaqatnovlar, shuningdek, barcha charter reyslar bekor qilindi.

Bu haqda O`zA xabar berdi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Transport vaziri A.Berdievning ta`kidlashicha, Qoraqalpog`iston hududidan harakatlanadigan “Miskin – Beyneu – Miskin” va “Toshkent – Qo`ng`irot – Toshkent” yo`nalishidagi temir yo`l yo`lovchi poezdlari hamda barcha xalqaro avtobus qatnovlari to`xtatildi.

Shuningdek, viloyatlararo (shaharlararo), “Nukus AV – Toshkent AV – Nukus AV”, “Beruniy AV – AV Urganch”,“Mang`it AS – Gurlan AS” yo`nalishidaqatnaydigan avtobuslarning shu yo`nalishda qatnovi ham vaqtincha cheklandi.

Шарҳлар