13

Koronavirus bilan kasallanganlarga xususiy tibbiyot tashkilotlari ham xizmat ko`rsatadi

Jamiyat 26.03.2020, 19:12
Теглар: koronavirus, tibbiyot, qaror
439
Koronavirus bilan kasallanganlarga xususiy tibbiyot tashkilotlari ham xizmat ko`rsatadi

“O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4649-son, 26.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tibbiy xizmat ko`rsatishga ruxsat berildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatish faqat Sog`liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkiloti o`rtasida tuziladigan shartnomaga ko`ra amalga oshiriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o`tkazmasdan aniqlanadi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlari Inqirozga qarshi kurash jamg`armasi hisobidan qoplanadi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zaruratga ko`ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.

Шарҳлар

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi hujjatlarni qog`oz ko`rinishida qabul qilishni vaqtinchalik to`xtatdi

28.03.2020, 13:27

Bugungi kunda respublika hududi bo`ylab koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish, ushbu virusning xat-xujjatlar almashish orqali tarqalishi holatlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida 2020 yilning 26 mart kunidan...
O`zbekistonda o`tkaziladigan barcha sport musobaqalari qoldirildi

15.03.2020, 20:03

2020-yil 16-martdan boshlab O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta`lim muassasalari noma`lum muddatga yopildi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi."Vazirining...