13

Qozog`istonda COVID-19 infeksiyasi oqibatida ilk o`lim holati qayd etildi

Dunyo 26.03.2020, 21:43
Теглар: Qozog`iston, koronavirus
866
Qozog`istonda COVID-19 infeksiyasi oqibatida ilk o`lim holati qayd etildi

Qozog`istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar orasida ilk o`lim holati qayd etildi. Bu haqda sputniknews.kz xabar berdi.

Qozog`istonda koronavirus infeksiyasi oqibatida ilk o`lim holati qayd etildi. Bu haqda Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abaev ma`lum qildi.

"Nur-Sulton shahar Sog`liqni saqlash boshqarmasi bu haqda 27 martda rasmiy ma`lumot beradi. Bu holat bizga yanada xushyor bo`lishimiz lozimligidan dalolat bermoqda", dedi vazir.  

Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi bu ma`lumot to`g`riligini tasdiqlagan.

Ma`lumot uchun: Hozirda Nur-Sultonda 109 nafar, Olmaotada 40 nafar bemor qayd etilgan. Shuningdek Chimkentda 2 nafar, Qaragandada 2 nafar virus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. Almota, Aqtube, Jambil va Shimoliy Qozog`iston viloyatlarida bir nafardan bemor davolanmoqda. Ulardan bir nafarining ahvoli og`ir, ikki bemor davolanib, shifoxonadan chiqqan.

Шарҳлар

Olma-otada ikki yoshli bola koronavirusdan shifo topdi

01.04.2020, 18:22

Bugun, 1 aprel kuni Olma-otada koronavirus infeksiyasidan sog`aygan 10 nafar bemor shifoxonadan chiqarildi. Ularning orasida 2 yoshlik bola ham bor, deb xabar berdi Qalampir.Ma`lum qilinishicha,...
Qozog`istonda 4 oylik chaqaloq koronavirusga chalindi

21.03.2020, 17:58

Koronavirus aniqlangan 28 kishi orasida 4 oylik go`dak ham bor, dedi brifingda Qozog`istonning Nursulton shahri sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Saule Kisikova.So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 53...
Qozog`istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga etdi

20.03.2020, 19:03

Qozog`istonning Qaraganda viloyatida koronavirus infeksiyasidan zararlanish bo`yicha ikkita holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.«Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo`yicha yana beshta holat qayd etildi. Bugungi...
Qozog`istonda ikki yashar qizda koronavirus aniqlandi

17.03.2020, 19:14

Qozog`istonda 2018 yilda tug`ilgan qizaloqda koronavirus aniqlandi. Bu ma`lumot onlayn-brifing chog`ida mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassisi Dias Axmetsharip tomonidan aytib o`tildi. Mazkur xabar RIA novosti...