AsosiyJamiyat

Karantinga amal qilmaslik holatlari eng ko`p qaysi viloyatlarda kuzatilmoqda?

'Karantinga amal qilmaslik holatlari eng ko`p qaysi viloyatlarda kuzatilmoqda?'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, o`tgan 24 soat davomida karantin qoidalariga amal qilmagan jami – 980 ta holat aniqlangan bo`lib, ulardan: — Toshkent shahrida – 101 ta.

Misol uchun, 25 mart kuni soat 12:00 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar QFYda yashovchi fuqaro J.R. tibbiy kuzatuv ostiga olinganligiga qaramasdan yashash manzilidan chiqib ketgan. Fuqaro Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Toshkent viloyatida 103 ta — misol uchun, 22 mart kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Do`stobod shahar, Mashrab mahallasi, Barkamol avlod ko`chasida karantinda saqlanayotgan fuqaro T.N. yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Jizzax viloyatida 14 ta — misol uchun, 24 mart kuni soat 10:00 larda Baxmal tumani, Do`stlik MFY, Olomon qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro I. A. umumiy ovqatlanish va ko`ngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik to`xtatib turish to`g`risida ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan, Do`stlik mahallasi hududida joylashgan “Shashlik markazi” nomli choyxonasini ishlatayotganligi, ushbu choyxonada 6 nafar mijozlarga xizmat ko`rsatayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Buxoro viloyatida 52 ta — misol uchun, 24 mart kuni soat 20:30 larda Buxoro tumani, Chorbakr MFY, Choqpich qishlog`ida yashovchi fuqaro A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan, o`ziga tegishli bo`lgan Buxoro shahar, Ibn Sino ko`chasidagi “Bek“ kafesida 3 nafar mijozga xizmat ko`rsatayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan);

Samarqand viloyatida 328 ta — misol uchun, 25 mart kuni soat 13:30 larda Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on shahri “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro B.R. A.Temur mahallasi hududida maxsus himoya niqobisiz, jamoat joyda yurganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Qashqadaryo viloyatida 11 ta — misol uchun, 24 mart kuni soat 16:00 larda Mirishkor tumani, Guliston MFYda yashovchi fuqaro T.T. kunlik yashash joyi bo`yicha 14 tibbiy kuzatuvga olinganligiga qaramasdan, o`z yashash joyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Surxondaryo viloyatida 22 ta misol uchun, 25 mart kuni soat 16:30 larda Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumani, Surxon sohili mahallasi, raqamsiz uy manzili bo`yicha karantinda saqlangan 16 mart kuni Rossiyadan kelgan fuqaro Q.R. uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olinganligiga qaramasdan, karantin qoidalariga rioya qilmasdan yashash joyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Xorazm viloyatida 11 ta — misol uchun, 21 mart kuni Rossiyadan kelgan, Urganch shahar, Aloqachi ko`chasida yashovchi fuqaro Isakov Zokir uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan bo`lishiga qaramasdan, 22 mart kuni o`zboshimchalik bilan yashash uyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Sirdaryo viloyatida 19 ta — misol uchun, 21 mart kuni soat 16:00 larda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, A.Navoiy mahallasi, Bog`obod ko`chasida yashovchi, 15 mart kuni Rossiyadan yo`lovchi avtomashinada kelgan Z.X. rasman ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Farg`ona viloyatida 74 ta — misol uchun, 23 mart kuni soat 11:00 larda Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, Katta Tagob mahallasi, Anorzor ko`chasida yashovchi, o`z yashash manzili bo`yicha karantinda saqlangan, 21 mart kuni Qozog`istondan kelgan fuqaro B.T. uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Navoiy viloyatida 10 ta misol uchun, 25 mart kuni soat 12:00 larda Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Navoiy M.F.Y., Xalqlar Do`stligi ko`chasida yashovchi fuqaro B.O. rasman ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan o`ziga tegishli bo`lgan Uchquduq tumani buyum bozorida joylashgan nooziq-ovqat do`konida faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Namangan viloyatida yu 61 ta — 21 mart kuni Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani, Turkiston mahallasi, raqamsiz uy manzili bo`yicha karantinda saqlangan, 17 martda Rossiyadan kelgan, fuqaro A.G`. yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qo`llangan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan uydirmalar, shuningdek, asossiz ma`lumotlarni tarqatayotgan akkauntlarni aniqlash va ularning egalariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy ta`sir choralarini ko`rish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bugungi vaziyatda ichki ishlar organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan hamohanglikda koronavirusga qarshi kurash olib borib, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga qat`iy rioya qilish hamda yurtdoshlarimizning salomatligini asrash asosiy vazifasi bo`lib qolmoqda.

Har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas`uliyat bilan yondashib, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne`mat bo`lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart deyiladi IIV xabarida.
 

    Boshqa yangiliklar