Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda sodir bo`lgan to`qnashuv bo`yicha turli xil xabarlar tarqalmoqda. Ushbu avtohalokat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati batafsil ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 23 mart kuni soat 17:50 larda Namangan shaharda yashagan M.K. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida Namangan shahar, Marg`ilon ko`chasida harakatlanib ketayotib, sog`ligi yomonlashgani tufayli boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetida to`xtab turgan fuqaro A.K.ga tegishil “Vaz-2106” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, haydovchi M.K.ga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 2020 yil 23 martdagi STEning xulosasiga ko`ra, marhum M.K. “Yurak ishemiya kasalligi, miyakard infarkti”dan vafot etganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.