Termizda dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

Jamiyat 27.03.2020, 08:45
810
Termizda dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

Kecha,  26 mart kuni soat 14:00 larda, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-99 “Manguzar-Xonrabod-Shartuz” avtomobil yo`lining 14-15 km oralig`ida 1970 y.t. haydovchi X.B. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo`lning qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketib, 1996 y.t. haydovchi M.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasi bilan to`qnashgan.  

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi X.B. og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Matiz” rusumli transport vositasi yo`lovchisi - 1975 y.t. O`.A. og`ir tan jarohati olib shifoxonaga etmasdan vafot etgan.  

Shuningdek, “Matiz” rusumli transport vositasi yo`lovchisi 1973 y.t. F.A. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Hurmatli yo`l harakati ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganingizda “Yo`l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so`rab qolamiz, deya ogohlantirmoqda Bosh Boshqarma. 

Шарҳлар