AsosiyJamiyat

Karantin davrida FXDYo organlaridan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolar qanday yo`l tutishsin?

'Karantin davrida FXDYo organlaridan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolar  qanday yo`l tutishsin?'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi vakili ishtirokida brifing o`tkazilmoqda.

Unda, vazir o`rinbosari o`rinbosari Sevara O`rinboeva bir qancha savollarga javob bermoqda.

— Karantin davrida FXDYo organlaridan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolar onlayn tarzda ariza topshirsa bo`ladimi?

— Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 25 martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYo bo`limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo`lmaydigan holatlardagina (tug`ilish va o`lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshiriladi.  

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar