Ushbu savolga ayni damda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri o`rinbosari Sevara O`rinboeva javob berdi.
— Mehnat qonunchiligiga muvofiq karantin (cheklovchi tadbirlar) sharoitida ish beruvchi o`z mablag`lari hisobidan xodimlarning shaxsiy himoyasi uchun barcha zaruriy choralarni ko`rishi lozim.
Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilishni kuchaytirish hamda biznes vakillarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilab berildi. Jumladan, davlat organlari va nodavlat tashkilotlar o`z xodimlarining kamida 50 foizini haq to`lanadigan ta`tilga chiqarishi, qolganlar masofadan ishlashga o`tkazilishi zarurligi ta`kidlandi.