Bugun Prezidentning nabirasi 15 yoshga to`ldi.
O`zbekiston triatlon federasiyasi raisi, Otabek Umarov uni o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali qutladi.
"15 yosh – inson hayotidagi ajoyib va juda muhim bosqichlardan biridir, bu xuddi kattalarnikidek birinchi yubiley. Jonim ukajonim Miromon, ushbu bahor kunida senga yorug` umidlar, yangi g`oyalar va haqiqiy do`stlikni tilayman. Faqat oldinga intilgin, g`alaba qozon, ota-onangning baxtu quvonchi, tayanchi bo`lgin. Bizning butun oilamiz sen bilan va sening birinchi muvaffaqiyatlaring bilan faxrlanadi. Kelgusida bundan ham katta natijalarga erishgin, barcha orzularing ro`yobga chiqsin! Tug`ilgan kuning muborak bo`lsin!" deya tabrikladi Umarov.