my5
all

Andijonlik bir guruh tabib va ilmiy xodimlar koronavirus davosini topgan bo`lishi mumkinligini aytishmoqda

Jamiyat 29.03.2020, 18:10
4362
Andijonlik bir guruh tabib va ilmiy xodimlar koronavirus davosini topgan bo`lishi mumkinligini aytishmoqda

Andijonlik bir guruh tabib va ilmiy xodimlar koronavirus davosini topgan bo`lishi mumkinligini aytishmoqda.

Ular bu izlanishlari haqida Prezidentga murojaat ham qilishgan. 

"Xurmatli Prezident janoblari! Men, Abdukarimova Gulbaxor Baxtiyarovna, Sizga murojaat qilishimdan maqsad, Xitoy davlatida Covid-19 tojsimon virus chiqkanidanok xavotirga tusha boshladim, bizgacha etib kelishini taxmin qildim va o`sha zaxoti virusni o`rganishga xarakat qildim, virusni shakli va uning simptomlari xaqida Xitoy respublikasidan kasallik kechish jarayonini sinchikovlik bilan o`rgandim, darxol unga qarshi dori tayorlashga kirishdim.Uzimni xatarga qo`yib, samoletda boshqa davlatlardan kerakli komponentlarni yig`ib keldim, kuchli tabib va farmasevt va kimyogarlarni jalb qildim. Ular bilan maslaxatlashgan xolda mutlaqo tabiiy giyoxlar, galen va novogalen xayvon to`qimalaridan, mineral tuzlardan iborat 70 xil dorivor komponent (ichida 1mln dan ortiq moddalar mavjud) nastoyka shaklida dori tayyorladik, shuni ma`lum qilamanki, barcha kerakli komponentlarni tayyorlab bitirgunimizcha vaqt o`tib ketib qoldi, natijada bizda xam karantin e`lon qilindi, bu nastoykani menga ishonadigan ko`ngillilarda sinadim, ularga xech qanday nojuya ta`sirlarsiz, juda tez foyda kildi. Muxtaram Prezidentim, iltimos, men jon kuydirib ko`p joylarga bu dorivor giexlarimni kushimcha tasirini urganish maksadida MTX tuzish va tibbietga tadbik kilish maksadida tegishli Davlat tashkilotlariga murojaat qildim,ammo bunga nisbatan masul mutaxassislarni jiddiy shugullanmaganligi meni tashvishga solmokda. mana 2 kishi dunyodan ko`z yumdi, vijdonim azoblanmoqda, agar shularga foydamiz tegsa , boshim osmonda bo`lardi, shuni inobatga olib, birorta laboratoriya sharoitida virusga nisbatan ta`sirini o`rganish (klinikagacha sinov) va sinov muvaffakiyatli o`tsa, birorta ko`ngilli korona virusga chalingan insonda sinab ko`rishda amaliy yordam berishingizni iltimos qilardim. Biz mustaqil ilmiy tadqiqotchilar Sizdan umidvormiz! Abdukarimova Gulbaxor (Psixolog, biolog, xalq ta`limi a`lochisi,) Jalolitdinov Muxiddin Muydin ugli (farmasevt yosh ilmiy xodim) Izzatillo Ismoilov Jamolxon ugli (kimyogar) Zafarbekov Muxammadshukur (yosh tabib) Andijon shaxri.

 

 

Шарҳлар