AsosiyDunyo

BMT mutaxassisi: Amerikaliklar koronavirusni 2015 yilda yaratishgan

'BMT mutaxassisi: Amerikaliklar koronavirusni 2015 yilda yaratishgan'ning rasmi

BMTning bakteriologik qurollar bo`yicha sobiq xodimi, mutaxassis Igor Nikulin Xitoyda keng tarqalgan va COVID-19 nomini olgan koronavirusning yangi turi AQSh olimlari tomonidan 2015 yilda yaratilganligini ta`kidlamoqda, deb xabar berdi xs.uz.

Ekspertning qayd etishicha, Vashington Pekinga qarshi axborot urushi uyushtirgani bois yangi koronavirus “xitoy virusi“ deb nomlangan. Va bu holat “har qanday yomon narsa aynan Xitoydan kelib chiqadi” degan mamlakat imijini yaratish uchun ataylab qilingan. O`z navbatida, Pekin ham koronavirusning kelib chiqishida AQShni ayblamoqda.

Nikulinning so`zlariga qaraganda, virus tarqalishidan oldin AQSh konsulligi joylashgan Uxan hududida yangi virusning tarkibiy qismlari bo`lishi mumkin bo`lgan “bakteriologik xavf“ yozuvi qayd etilgan bo`sh idishlar topilgan. Shu asosda XXRning AQShdan tegishli savollarni oshkor qilish haqidagi qarori mutlaqo to`g`ri bo`lib ko`rinmoqda.

Mutaxassis AQShda koronavirusga qarshi birinchi vaksinani yaratish haqidagi yangiliklarning paydo bo`lishini esa mantiqiy deb atamoqda. Axir virus yaratilgan joyda u bilan qanday kurashish kerakligi ham o`ylab topilgan bo`ladi.

Igor Nikulin, shuningdek, “Nature” jurnalida 2015 yil nashr etilgan koronavirusni modifikasiyalash bo`yicha muvaffaqiyatli AQSh tajribasi tasvirlangan, uning tashuvchisi sifatida esa Xitoy ko`rshapalaklari qayd etilgan maqolani ham eslatib o`tdi. O`shanda olimlar kasallikning hayvonlar ishtirokisiz odamlar orasida tarqalishiga erishishgan, ammo bu juda xavfli tajriba deb yozilgan edi.

O`sha yilning avgust oyida koronavirus modifikasiyasi laboratoriyasida qandaydir voqea sodir bo`ladi. Bino yopiladi va “The New York Times” gazetasi AQShda 215 kishiga ta`sir ko`rsatgan g`alati epidemiya haqida xabar tarqatadi. Ikki hafta ichida bemorlarning soni 500 dan ortadi va bu holat Oq Uyda favqulodda yig`ilish o`tkazilishiga sabab bo`ladi. Ba`zi yuqtirganlar, jumladan, AQSh harbiylari vafot etadi.

Yuqoridagi dalil va faktlarga asoslangan holda mutaxassis Vashingtonni yuz bergan voqealar haqida haqiqatni gapirishga chaqirmoqda, ammo yangi virus AQShda paydo bo`lganligi allaqachon ayon bo`ldi, deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar