my5

COVID-19 bilan kasallangan futbolchilar: Ularning ahvoli qanday?

Sport 29.03.2020, 22:53
Теглар: koronavirus, sport, futbol
1530
COVID-19 bilan kasallangan futbolchilar: Ularning ahvoli qanday?

Koronavirus yirik sport musobaqalari sanalarini ham izdan chiqardi. Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Tokiodagi olimpiya o`yinlari va boshqa bir qator chempionatlar bekor qilindi.  Shuningdek sportchilar oarsida ham koronavirusdan zararlanganlar qayd etilgan. 

Ular kimlar? Ro`yxat:

  • Fevral oyida 23yashar futzalchi qiz Ilham Sheyxi yangi koronavirus bilan 10 kun kurashib vafot etdi. 
  • "Gannover" nemis futbol klubi himoyachisi Yannes Xorn va Timo Xyubers koronavirusni yuqtirib olganini rasman qayd etdi.
  • 11 martda"Yuventus" futbol klubi himoyachisi Daniel Rugani COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini bildirdi. Hozirda futbolchi ahvoli yaxshi ekanligini aytmoqda.
  • Angliyaning "Lestera" jamoasida ham virus yuqtirganlar mavjud. Ammo ularning kimligi sir tutilmoqda.
  • 12 martda Italiyaning "Sampdoriya" jamoasi Manolo Gabbyadini koronavirus bilan zararlanganini takidladi. Hozirda futbolchining ahvoli yaxshi.  
  • "Arsenal"ning bosh murabbiyi Mikel Artetada ham koronavirus aniqlandi. London klubi jamoasi murabbiyning ahvoli qoniqarli ekanligini aytmoqda.
  • "Chelsi" tarkibidagi Kalluma Xadsona-Odoida ham koronavirus aniqlangan.O`yinchi o`z uyida izolyasiya qilingan.
  • "Leganes"ning Bosh direktori Martin Ortega ham koronavirusga chalingan. Shu sababli klubda mashg`ulotlar to`xtatilgan.
  • Italiyaning "Sampdoriya" klubida bir necha futbolchining koronavirusdan zararlangani aytilmoqda.Ular Omar Kolli, Albin Ekdal, Morten Torsbi, Antonio La Guminalar. 
  • Fransiyaning "Trua" jamoasi hujumchisi Xen Chjun Sukada ham koronavirus tahlili ijobiy deb topilgan.
  • Italiyaning "Fiorentin" klubi o`yinchilari Patrik Kutrone, Xerman Pesselya va Dushan Vlaxovichda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
  • Fransiyaning "Oser" klubi ham jamoaning bir nafar futbolchisi koronavirusga chalinganini qayd etdi.
  • Ispaniyaning "Valensiya" klubi himoyachisi Esekiel Garay koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergandi. Umumiy hisobda ushbu klubda 5 nafar o`yinchada yangi virus aniqlangan. "Valensiya" himoyachisi Elyakim Mangala va yana bir futbolchi Gayya Covid-19 yuqtirib olishganiga shaxsan ma`lum qilishgan.  
  • Germaniyaning"Paderborn" futbol klubi o`yinchisiLuka Kilian ham koronavirusga chalingani aytilmoqda.
  • Ispaniyaning "Atletiko Portada Alta" klubi o`yinchisi Fransisko Garsiya  Covid-19 tufayli vafot etdi.
  • Eronlik mini-futbol bo`yicha murabbiy Ahmad Taxeri 16 martdakoronavirus oqibatida vafot etdi.
  • Braziliyaning "Flamengo" klubi bosh murabbiyi Jorje Jezusda ham koronavisrus aniqlangan.
  • Germaniyaning "Gerta" klubi jamoa o`yinchilaridan birida ushbu xavfli virus aniqlanganini tasdiqladi. Uning kimligi sir saqlanmoqda. Klub ikki haftalik karantinga olingan.
  • Italiyaning "Yuventus" klubi yana bir futbolchining xastalanganini e`lon qildi.Jumladan yarim himoyachi Blez Matyuidida koronavirus musbat natija bergan.
  • Covid-19 Ispaniyaning “Alavesa” murabbiylar shtabining uch nafar a`zosida ham tasdiqlangan. Shu vaqtning o`zida klubning besh nafar xizmatchilari va futbolga oid bo`lmagan bo`limlari xodimlari ham koronavirus yuqtirib olishgani aytilmoqda. 
  • Taniqli sport jurnalisti Xose Mariya Kandela sport jurnalistlari ichida koronavirusning ilk qurboniga aylandi.
  • "Ayntraxt" nemis klubi bir nafar o`yinchisi koronavirusga chalinganini ma`lum qildi. 
  • Ispaniyaning "Espanola" klubi futbolchisi Leyda ham koronavirus aniqlangan. Ammo klub hozircha buni rasman tasdiqlagani yo`q. 
  • "Yuventus" klubining uchinchi o`yinchisiPaulo Dibalada ham Covid-19 qayd etilgan. Shu bilan birga uning qaylig`ida ham virus topildi.
  • Germaniyaning "Ayntrati" klubining uch nafar o`yinchisi koronavirusga chalingani aytilmoqda. Ammo ularning ismlari oshkor qilinmayapti.
  • Madridning "Real" jamoasi sobiq prezidenti Lorenso Sans koronavirus oqibatida vofot etdi.
  • Belgiya terma jamoasining himoyachisi Marian Fellaini ham koronavirusga chalinib qoldi.
  • "Espanola"ning sobiq murabbiyi Benito Xoanet 84 yoshida koronavirusdan vafot etdi. 
  • "Barselona" skauti Andre Kyuriga ham koronavirus tashxisi qo`yilgan.
  • "Milan" klubi texnik direktori Paolo Maldinining ham koronavirusga chalingani ma`lum qilindi.
  • Taniqli futbol murabbiyi Fatix Terimda ham koronavirus aniqlangan. 
  • "Vitessa" klubining sobiq prezidenti Kis Bakker koronavirus sababli vafot etdi.
  • "Jirona"ning yana bir nafar futbolchisida kasallik qayd etilgan. Ammo uning ismi aytilmayapti.
  • Avstraliyaning A-Ligasi o`yinchisi "Nyukasl Djets" mamlakat professional futbolchilari orasida birinchi bo`lib koronavirusga chalindi.

Sog`ayib ketgan sportchilar

  • Sportchilar orasidakoronavirusdan tuzalgan ilk sportchi Italiyaning "Pyaneze" klubi o`yinchisi bo`ldi. Uning kimligi sir tutilmoqda.
  • "Chelsi" klubining futbolchisi Kallum Xadson-Odoi ham virusni engib, sog`lom hayotga qaytdi. O`yinchi kasallikning 11 kunida test topshirganida unda koronavirus aniqlanmagan.
  • "Olimpiakos" va "Nottingem Forest" rahbari Evangelos Marinakis koronavirusdan tuzalganini ma`lum qildi.
  • "Arsenal" o`yinchisi Marinakis dastlab virusdan zararlangan edi, keyin Mikel Artetga yuqtirgan bo`lsa kerak. Mikel Artet ham hozir ahvoli yaxshiligini qayd etdi.
  • "Sampdoriya" o`yinchisi Edgar Barreto klubning koronavirusdan zararlangan o`nlab a`zolaridan biri edi. Hozirda paragvaylik futbolchi virusni engganlar ro`yxatida turibdi.Ammo u hamon izolyasiyada.

 

Manzura BEKJONOVA tayyorladi

 

Шарҳлар