AsosiyJamiyat

O`zbekistonda masofaviy ishlashga o`tkazish tartibi tasdiqlandi

'O`zbekistonda masofaviy ishlashga o`tkazish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

“Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o`tkazishning vaqtinchalik tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Xuquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o`tkazishi mumkin.

Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.

Xodimning masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o`tkazilishi ish beruvchining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.

 Masofaviy ishga o`tkazish yuzasidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o`zgartirishda, mehnatning boshqa  shartlari bilan birga quyidagilar ham ko`rsatiladi:

* elektron hujjat almashinuvi bo`yicha o`zaro aloqa tartibi;

* xodimga ish uchun zarur bo`lgan jihozlar, texnika vositalaridan foydalanish tartibi;

* xodimni aloqa vositalari bilan ta`minlash, Internet tarmog`idan foydalanish;

* xodimga ish beruvi tomonidan berilgan jihozlar buzilganda zararni qoplash bo`yicha shartlar;

* xodim shaxsiy jihoz, texnika vositalaridan, Internetdan foydalanganda xarajatlarni qoplash tartibi;

* xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo`yicha majburiyatlari;

* ishlab chiqarish zaruriyati tug`ilganda xodimni doimiy ishga o`tkazish shartlari.

Mazkur ishlash usuliga o`tkazilgan xodimlarning mehnat ta`tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo`yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.

    Boshqa yangiliklar