my5
all

Bosh vazir: “Koronavirus bilan kurashning eng og`ir payti hali oldinda”

Dunyo 30.03.2020, 10:25
1532
Bosh vazir: “Koronavirus bilan kurashning eng og`ir payti hali oldinda”

Fransiyada kelgusi ikki hafta koronavirusga qarshi kurashning eng qiyin davri bo`ladi, deydi Bosh vazir Eduard Filip.

«Biz vaqt talab qiladigan jangda kurash olib bormoqdamiz.Aprel oyining dastlabki ikki haftasi oldingi ikki haftadan ko`ra qiyinroq bo`ladi» degan Filip matbuot anjumanida.

Koronavirus dastlab Fransiyaning sharqida avj olgandi. Bu hududda kasalxonalar bemorlar bilan to`lib toshdi. Virus keyinchalik mamlakat g`arbiga tarqaldi. Parijdagi shifokorlar tez orada reanimasiya bo`limlari bemorlar bilan to`la bo`lishini aytishdi.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, shanba kunigacha koronavirus Fransiyada 2,314 kishining hayotiga zomin bo`ldi, yana 37,575 dan ortiq odamning bu kasallikni yuqtirib olgani tasdiqlangan.

Kasallanganlar soni ko`payib borayotgan hozirgi paytda shifokorlar va polisiyachilar himoya vositalarining etishmasligidan shikoyat qilishmoqda. Sog`liqni saqlash vaziri Olivier Veranning ta`kidlashicha, hukumat Xitoyga 1 milliarddan ortiq yuz niqoblarini buyurtma qilgan. Ayni paytda Fransiyada haftasiga 40 millionta yuz niqoblari ishlatilmoqda.

Шарҳлар