Bugungi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Jons Hopkins universiteti onlayn-servisi ma`lumotlariga ko`ra, koronavirus infeksiyasi 177 mamlakatda qayd etilgan. Ushbu kasallikni 723 700dan ortiq odam yuqtirgan, 152 mingdan ortiq odam sog`ayib ketgan. Shuningdek, 34 mingdan ortiq o`lim holati qayd etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bugungi kunga qadar, tasdiqlangan kasallanganlar soni bo`yicha AQSh (143 mingdan ortiq) Italiya (97 mingdan ortiq) va Xitoyni (82 mingdan ortiq) ortda qoldirdi. Keyingi o`rinlarda Ispaniya (80 mingdan ortiq), Germaniya (62 mingdan ortiq) va Fransiya (40 mingdan ortiq).