Sal avval, 1996 yil 18 yanvar kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug`ilgan Asliddinov Mirsharaf Asliddin o`g`li o`ta og`ir jinoyat sodir etganligi sababli qidirayotgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, o`ta og`ir jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e`lon qilingan Asliddinov Mirsharaf qo`lga olindi.
Jinoyatchini turar joyini aniqlashda ko`maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz, deyiladi Bosh Boshqarma xabarida.