my5
all

Rossiyada koronavirus tahlili uchun o`ta aniq test-tizim yaratildi

Dunyo 31.03.2020, 11:26
783
Rossiyada koronavirus tahlili uchun o`ta aniq test-tizim yaratildi

“Rospotrebnadzor” saytida e`lon qilishicha, Rossiya epidemologiya ilmiy tadqiqotlar markazi olimlari tomonidan inson tanasida koronavirus mavjudligini tekshirishda yolg`on natija bermaydigan, o`ta aniqlik bilan tahlil qiladigan test yaratildi.  Bu haqda UzA xabar bergan.

"Diagnostik to`plamning klinik sinovi muvaffaqiyatli yakunlandi va 25 mart kuni Rossiya hududida foydalanish uchun ro`yxatdan o`tkazildi", - deyiladi ushbu xabarda.

Yangi test barcha zamonaviy talablarga javob beradi va bir tekshirishda nafaqat SARS-CoV-2 ni aniqlaydi, balki ularni shunga o`xshash boshqa, jumladan, MERS-Cov (yaqinsharq respiratorli sindrom) virusidan ham farqlay oladi.

Bundan avval Novosibirskda koronavirusni diagnostika qiladigan o`ta sezgir yangi test-tizimi qayddan o`tkazilgan edi. Bungacha Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova juma kuni koronavirusni aniqlaydigan yangi test-tizim ro`yxatga olinishi haqida ma`lum qildi. Uning ta`kidlashicha, ushbu tizim tahlil natijalarni 2,5 soatda ko`rsatadi. Yangi test-tizim koronavirusga qarshi immuniteti bor odamlarni, birinchi navbatda vrachlarni aniqlashga yordam beradi.

Шарҳлар