AsosiyDunyo

Ispaniya ham kasallanganlar soni bo`yicha Xitoyni ortda qoldirdi

'Ispaniya ham kasallanganlar soni bo`yicha Xitoyni ortda qoldirdi'ning rasmi

Dushanba kuni Ispaniya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo`yicha Xitoyni ortda qoldirdi.

30 mart kungi statistik ma`lumotga ko`ra, Ispaniyada virusni yuqtirib olgnalarning umumiy soni 85,195 kishin tashkil qilgan bo`lsa, kasallik paydo bo`lgan Xitoyda 81,470 kishida virus borligi qayd etilgan.

Ispaniyada bir kunda vafot etganlar 812 tani tashkil qildi. Bu bilan mamlakatda qurbon bo`lganlar 7,340 nafarga etdi.

Tadbirkorlar Ispaniya hukumatining butun mamlakat bo`ylab barcha muhim bo`lmagan ishlarning to`xtatilishini yana ikki haftaga cho`zish haqidagi qarorni tanqid qilishdi. Korxonlar faoliyati cheklanishi mashina sanoati va turizm kabi sohalarni “falaj qildi”.

«Agar siz mamlakatni to`xtatsangiz, besh oy ichida bizda katta ijtimoiy muammo yuzaga keladi», dedi Ispaniya biznes uyushmasi prezidenti Antonio Garamendi intervyusida.

Ispaniya hukumati shu oy boshida vaqtincha ishdan bo`shatilgan ishchilarga imtiyozlar va davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan kreditni olishga yordam beradigan 200 milliard evro (220 milliard dollar) miqdoridagi iqtisodiy yordam paketini taqdim etdi.

Biroq, iqtisodiyotning ba`zi qismlari, masalan, oziq-ovqat mahsulotlarining onlayn savdosi rivojlanyapti. Dushanba kuni Dia supermarketlar tarmog`i onlayn buyurtmalarga bo`lgan talabni qondirish uchun 1000 kishini ishga olganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar