AsosiyJinoyat

Qarshida chaqaloq sotmoqchi bo`lgan tug`ruqxona doyasi qo`lga olindi

'Qarshida chaqaloq sotmoqchi bo`lgan tug`ruqxona doyasi qo`lga olindi'ning rasmi

Bugun insoniyat hayotiga jiddiy xavf solib turgan global muammolar orasida odam savdosidek jirkanch illat ham borligi achinarli. Eng yomoni, odamlar havoyi nafs ilinjida o`z jigargo`shasini pullashdan ham tap tortmayotir. Jumladan, Qarshi shahrida yashovchi E.N. shu yil 25 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Nishon tumani tug`ruq kompleksida navbatchi doya lavozimida ishlovchi Sh. ismli ayol bir hafta oldin tug`ilgan chaqaloqni sotmoqchi ekanini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

2020 yil 25 mart kuni soat 15:00 larda Qarshi shahar IIO FMB xodimlari Qarshi shahar “Samarqand” MFY I.Karimov ko`chasida joylashgan 4-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi ro`parasida, Qarshi tumanida yashovchi, Nishon tuman tug`ruqxonasida doya bo`lib ishlovchi X.Sh. va Nishon tumani G`.G`ulom MFYda yashovchi Ch.G. 4.000.000 so`m pul evaziga 2020 yil 13 mart kuni Nishon tumani tug`ruqxonasida tug`ilgan qiz chaqaloqni tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan E.N.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida X.Sh. Ch.G. ning qizi B.Ch.ni Nishon tumani tug`ruq kompleksi mudiri Nishon tumanida yashovchi S.N. bilan birga 5.000.000 so`mga sotib, Ch.G.ga tug`ish harajatlarini berishmoqchiligini bildirgan. X.Sh.ning ko`rsatmasiga asosan, 2020 yil 25 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumanida joylashgan bekatda navbatchi doya X.Sh. mudir S.N. bilan uchrashib, unga qiz chaqaloqni sotishdan tushgan 4.000.000 so`m pullarni bergan vaqtida Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.

Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.Sh. va boshqalarga nisbatan O`z.R JKning 135-m. 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar