41

“O`zavtosanoat” va Ford o`rtasida hamkorlik o`rnatiladi

Hi-tech 14.04.2015, 14:07
7381
“O`zavtosanoat” va Ford o`rtasida hamkorlik o`rnatiladi

“O`zavtosanoat” AK Rossiyada Ford avtomobillarini ishlab chiqarish, import qilish va kompaniyaning mahsulotlarini Rossiya bozorida sotish uchun javobgar Ford Sollers kompaniyasi bilan muzokara olib borilmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan Today.

O`zbekiston kompaniyasi vakillari Moskvada bo`lib o`tgan XVIII Rossiya avtomobil forumi doirasida ishlab chiqaruvchi-kompaniyalar xaridlari bo`yicha direktorlar va birinchi daraja ta`minotchilari bilan qator muzokaralar o`tkazdi.

“O`zavtosanoat” AK vakillari ishbilarmonlari uchrashuvi doirasida mamlakatimiz korxonalarining imkoniyatlari haqida so`zlab, istiqbolli o`zbek ta`minotchilari haqida barcha zaruriy ma`lumotni taqdim etishdi. Natijada, “PSMA Rus” va Ford Sollers kompaniyalarining vakillari ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatini o`rganib chiqishi haqida kelishuvga erishildi. 

Комментарии