AsosiyDunyo

Kommunarka bosh shifokorida koronavirus aniqlandi. U yaqinda Putin bilan ko`rishgandi

'Kommunarka bosh shifokorida koronavirus aniqlandi. U yaqinda Putin bilan ko`rishgandi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasi tashxisi qo`yilgan bemorlar davolanayotgan Kommunarka bosh shifokori Denis Prosenkoning COVID-19 bo`yicha topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bugun – 31 mart kuni uning zararlanganligi to`g`risida ma`lumot Koronavirus bo`yicha Moskva tezkor markazidagi manba tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda Kp.ru ma`lum qildi.

Kasalligi munosabati bilan Denis Prosenko Fasebukdagi sahifasida ham izoh qoldirgan. Unda u o`zini yaxshi his qilayotgani haqida aytgan.

"Aziz do`stlar, mening salomatligimdan tashvishlanayotganingizdan juda ta`sirlandim. Ha, menda koronavirus testi ijobiy natija berdi, lekin men o`zimni juda yaxshi his qilyapman. Ish xonamda izolyasiya qilinganman, bu erda masofadan turib ishlash, boshqarish va tibbiyot bo`yicha maslahatlar olish uchun barcha sharoitlar mavjud. O`ylashimcha, bu oydagi hosil bo`lgan immunitet o`z ishini bajaradi", – deya ta`kidladi u ijtimoiy tarmoqda.

Shuningdek, bugun – 31 mart kuni ertalab Denis Prosenko o`z sahifasida o`zi ishlayotgan kasalxonaga oid statistik ma`lumotlarni e`lon qildi. Qayd etishicha hammasi bo`lib, Kommunarkada 314 kishi bor, shundan atigi 59 kishida COVID-19 virusi topilgan. 127 kishida esa tibbiy kuzatuv davom etmoqda.
 

Boshqa yangiliklar