AsosiyJamiyat

Jizzax viloyatidagi agroklaster qanday qilib O`zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini qo`llab-quvvatlamoqda?

'Jizzax viloyatidagi agroklaster qanday qilib  O`zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini qo`llab-quvvatlamoqda?'ning rasmi

Jizzax viloyatida pandemiya sharoitida ayniqsa muhim bo`lgan cheklovlarni inobatga olgan holda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va saqlash ishlari davom etmoqda. Buning uchun nemis qishloq xo`jalik texnikasi import qilinmoqda, sug`oriladigan erlar maydonlari kengaytirilmoqda va mahalliy mollar zotdorligini oshirish bo`yicha tajribalar o`tkazilmoqda.

2020 yil 1 aprel, Toshkent — O`zbekiston mart oyi o`rtalarida barcha yo`nalishlar bo`yicha xalqaro yo`lovchi tashishni vaqtincha to`xtatdi. Butun dunyo: AQSh, Evropa ittifoqi va MDH mamlakatlari  bo`ylab chegaralar yopilmoqda. Taqiqlar vahimali kayfiyatlarga olib kelmoqda. Aholi agar yuk tashishlar ham taqiqlanadigan bo`lsa, oziq-ovqat etishmovchiligiga duch kelishdan xavfsiramoqda. 

Pandemiya sharoitlarida mamlakatning ichki resurslari muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonini bajarish uchun 2019 yilda Jizzax viloyatida Jizzax organic agrosanoat klasteri tashkil etildi. U go`sht va sut mahsulotlari, o`simlikshunoslik  va zotdor chorvachilik bilan shug`ullanadi. Jizzax qishloq xo`jaligi klasteriga umumiy investisiyalar summasi 150 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

«Klaster hududida ekish ishlari davom etmoqda va erlarni sug`orish tizimi tiklanmoqda. Ekish aylanmasiga 1,5 ming gektar erni qaytardik, yana 2,4 ming gektarga teng erlar ozuqa ekinlari uchun qayta tiklanadi. Buning uchun kompaniya 8 mln AQSh dollariga teng nemis qishloq xo`jalik texnikasini import qildi va uni ekish ishlari yakuniga qadar etkazib berish uchun yana 1,7 mln AQSh dollarli shartnoma tuzdi. Ona mollar podasini bo`rdoqiga boqish davom etmoqda, hayvonlarDaniya, Chexiya va Germaniyadan olib kelingan. Sentyabrda yana 5000ta qoramol AQSh, Evropa va Rossiyadan keltirilishi kutilmoqda.  Oxirgi uch oyda biz 63 ta buzoqchaning tug`ilishiga erishdik, aprel-may oylarida esa 270ta yangi buzoqchaning dunyoga kelishi kutilmoqda. Bu harakatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan bo`lib, bu hozirgi yuzaga kelgan vaziyatda ayniqsa muhimdir», — deya, korxonada olib borilayotgan ishlarga Jizzax organic direktori Xikmatilla  Karimov izoh berdi. 

Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra O`zbekistonda 2019 yilda 2,47 mln tonna go`sht (2018 yilga nisbatan +1,4%) va 10,7 mln tonna sut (2018 yilga nisbatan +2,3%) ishlab chiqarildi. Shu bilan birga mahalliy kompaniyalar hozircha bozor ehtiyojlarini butunlay qoplamaydi. Go`sht va oziq-ovqat submahsulotlari importi hajmi 2019 yilda o`tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,1 martaga o`sdi va 39,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 

2019 yilda tashkil etilgan Jizzax organic yiliga 1500 tonna premial marmar mol go`shti va yiliga 24000 tonna sut ishlab chiqarish, shuningdek sifatli genofondga ega mollarni ko`paytirish va mahalliy fermerlarga sotish yo`li bilan mamlakatimiz chorvachilik xavfsizligini ta`minlash qobiliyatiga ega.

O`zbekiston xorijdan mahsulot etkazib berilishiga qaram bo`lib qolmasligi uchun Jizzax qishloq xo`jalik klasteri ozuqa ekinlari urug`ini yaratish ustida ishlamoqda. Kompaniya, shuningdek, aprel oyida vatanimiz chorva mollari zotdorligini oshirish uchun yuzta mahalliy sigirni embrional urug`lantirish bo`yicha tajriba o`tkazishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar