AsosiySalomatlik

COVID-19 koronavirusni hech qanday alomatlar bo`lmagan odamdan ham yuqtirish mumkinmi?

'COVID-19 koronavirusni hech qanday alomatlar bo`lmagan odamdan ham yuqtirish mumkinmi?'ning rasmi

AOKAda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda fuqarolardan kelgan savollarga batafsil javob berildi. Ayniqsa N. Otabekov COVID-19 turdagi koronavirusning qanday yuqishi va undan saqlanish mavzusidagi savollarga keng to`xtalib o`tdi.

❓COVID-19 koronavirusni hech qanday alomatlar bo`lmagan odamdan yuqtirish mumkinmi?

❗️Virus asosan yo`talganda yoki aksirganda nafas yo`llaridan ajralib chiqqan tomchilar orqali yuqadi. Kasallikning erta bosqichlarida ko`p odamlarda COVID-19  alomatlari juda engil namoyon bo`ladi. Demak, o`zini tetik his qilgan, lekin quruq yo`tal bo`lgan bemorlardan infeksiya yuqish xavfi mavjud.

❓Koronavirusning oldini olishda nimalarni bajarish foydasiz?  

❗️Quyidagilar COVID 19 qarshi kurashishda yordam bermaydi:

•  tamaki mahsulotlarini chekish;

•  bir necha qavat niqob taqish;  

•  antibiotiklar qabul qilish.

❓Koronavirus  kasalligining oddiy grippdan farqi nimada?  

❗️Koronavirus infeksiyasining gripp va boshqa o`tkir respirator kasalliklaridan eng birinchi farqi bu kasallik qo`zg`atuvchisi har xil bo`lib, kasalliklarning yashirin davrida, klinik belgilarida va boshqalarda kuzatish mumkin.

Boshqa yangiliklar