my5

"Artistlarni ko`rmadinglarmi?.." Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan e`tirozga "O`zbekkonsert" javob berdi

Madaniyat 01.04.2020, 21:10
Теглар: O`zbekkonsert, san`atkorlar
2570
"Artistlarni ko`rmadinglarmi?.." Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan e`tirozga "O`zbekkonsert" javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda san`at ahlining jimib qolgani, xayriya ishlarida faol emasligi haqida fikr-mulohazalar paydo bo`ldi. Bu postlarda yurtimizning bir qator taniqli honandalari sanab o`tilib, qani ular shunday murakkab vaziyatda nega o`zini ko`rsatmayapti" degan ma`noda murojaat qilingan. “O`zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati ushbu fikrlarga quyidagicha munosabat bildirdi.  

"Aslida millat boshiga og`ir kunlar kelganida san`atkorlar ham chetda turmasdan, birinchilardan bo`lib, karantin davrida odamlarning uyda o`tirishlari uchun tayyorlanayotgan turli ko`ngilochar ko`rsatuvlaru, koronavirusdan himoyalanish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqidagi turli chellendjlarda faol ishtirok etishmoqda.  

Bundan tashqari san`atkorlarimiz ham ko`pchilik qatori xalqimizning og`ir kunlarida yurtimizda yangi tashkil etilgan “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga va kam ta`minlangan oilalar, aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun ham xayriya ishlarini amalga oshirib kelishmoqda.  

Faqat bunday ishlar xayriya bo`lganligi bois, ko`pchilik san`atkorlar tomonidan oshkor qilinmasdan kelinmoqda. Bugungi kunda bizga ma`lum bo`lganlaridan, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar O`zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ulug`bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo`jaeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa`dulla Abdullaev hamda boshqa san`atkorlar tomonidan “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming so`m hamda kam ta`minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so`m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so`m xayriya mablag`lari yo`naltirilgan.  

Bundan buyon ham bu boradagi ishlar faol davom etadi. San`atkorlar har qanday kunda doimo xalqimiz va muxlislar bilan birga".

 

Шарҳлар