Hindistonda kutilmaganda e`lon qilingan qat`iy karantin tartibi yuz minglab mehnat migrantlarini sarosimaga solib qo`ydi. Mumbay, Dehli kabi yirik shaharlarga pul topish ilinjida kelgan hindistonliklar ishsiz qoldi. Ularning ko`pchiligi oilalari bilan o`z qishloqlariga keta olmay sarson bo`lmoqda. Karantin sharoitida barcha transportlar to`xtatib qo`yilgan. Bu haqda rg.ru xabar bermoqda.
Ko`chalarda minglagan insonlar ko`ch-ko`ronini olib piyoda yo`lga chiqqan. Polisiya qanday bo`lmasin gavjum shaharlardan ularni tezroq haydamoqchi bo`lyapti.
1,3 milliard aholisi bo`lgan mamalkatda koronavirus infeksiyasi tarqalmoqda. bunday tirband ko`chalarda epidemiyani nazorat qilib bo`lmayapti. Izolyasiya punkti sifatida Hindiston hukumati 20 mingta temiryo`l vagonini COVID-19 virusiga qarshi kurashish uchun karantin markaziga aylantirishni ko`zda tutmoqda.