Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi onlayn brifing o`tkazildi.
Unda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Atabekov Epidemiya qachon yo`q bo`lishi haqida gapirdi.
—️ Mutaxassislarning taxminlari turlicha. Masala shundaki, bu ilgari ma`lum bo`lmagan, yangi infeksiya. Koronavirusni 2002 yilda pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan og`ir respirator sindromi (SARS) bilan taqqoslaganda, bunda xavf bir necha oy davom etishi bilan farqlanadi. Holbuki SARS ham koronavirus hisoblanadi, faqat boshqa turi.