UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Malibu 1,5 hamda Tracker AT avtomobillarini muddatli to`lov shartlari asosida uydan chiqmasdan onlayn rejimda xarid qilishni taklif qilmoqda.
Agar Sizda ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda bo`lib to`lash imkoni bor.
Buning uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya, ular sizga ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari to`lov amalga oshirilgach dilerlar avtomobilingizni uyingizga etkazib berilishini ta`minlaydi.
Batafsil ma`lumot olish uchun kompaniyaning quyidagi havolada ko`rsatilgan raqamlar orqali http://uzautomotors.com/dillers/cat/1 rasmiy dilerlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Aksiya mamlakatimizda epidemiologik vaziyat yaxshilanguniga qadar faqat jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.
Kompaniya Sizga va yaqinlaringizga salomatlik tilaydi va uydan chiqmasligingizni tavsiya qiladi.