Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlarning asosiy qismi — 94 foizi to`liq tuzaldi. Bu haqda mamlakatning sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha davlat qo`mitasi ma`lum qildi, deb xabar beradi Platforma telegram kanali.
Ayni paytda bu erda «Covid-19» bilan kasallanganlar bor-yo`g`i 1562 ta qoldi. Bu kasallikka chalinganlar umumiy sonining 2 foizini tashkil qiladi. Mazkur raqam har kuni kamayib bormoqda.
Eng so`nggi tahlillarga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirus birinchi bo`lib tarqalgan ushbu mamlakatda 81 639 kishi xavfli infeksiyani yuqtirgan. Ulardan 76 751 nafari butunlay sog`ayib, shifoxonalardan uyiga qaytgan. 3326 kishi hayotdan ko`z yumgan.
"Nasib qilsa, hademay biz ham «yurtimizda kasallanganlar to`liq tuzalib, oilasi bag`riga qaytdi», degan mazmundagi xushxabarlarni yozamiz. Buning uchun esa UYDA QOLING" deya yozmoqda telegram kanali.