41

2016 yilda O`zbekistonda polipropilen ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

Hi-tech 16.04.2015, 14:40
6715
2016 yilda O`zbekistonda polipropilen ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

2016 yilda O`zbekiston dastlabki 66 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi. 2019 yilda istiqbolli polimerni ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati 83 ming tonnani tashkil etishi ko`zda tutilgan. Mazkur mezonlar 2015-2019 yillarda tarkibiy islohotlar, modernizasiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish bo`yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq belgilab qo`yilgan. Bu haqda 12news.uz nashri xabar beradi.

Dasturning muhim ustuvor yo`nalishlaridan biri tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida neft, gaz va neft-kimyo sanoati, yuqori qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirishdan iboratdir.

Review.uz ning xabariga ko`ra, 2015 yilda Qoraqalpog`istonda Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokida qurilayotgan Surgildagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishiga mantiqiy nuqta qo`yishdir. Bu erda yiliga 3,8 milliard kubometr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi.

Mazkur yangi ob`ekt tahlilchilarning fikriga ko`ra, neft-gaz sohasi tuzilmasini o`zgartirishi va ishlab chiqarishda sanoatning ulushi oshishi kutilmoqda.

Xalqaro axborot agentligining ma`lumotlariga ko`ra, polipropilenga bo`lgan talab dunyoda ikkinchi o`rinda bo`lib, mazkur polimerga bo`lgan talab har yili 4-6 foizga oshmoqda. Tahlilchilarning taxminlariga ko`ra, 2015 yilda polipropilen iste`moli 60 million tonnadan oshishi kutilmoqda.

Ishlab chiqarish tez suratlar bilan Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari tomon siljimoqda. Amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy qismi Xitoy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

Комментарии