Qozog`istonda ishini yo`qotgan aholiga bir minimal oylik miqdorida 42 500 tanga (100 dollarga yaqin) yordam puli beriladi. Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etilgani tufayli o`z ishini yo`qotgan aholiga yordam puli bilan ta`minlash yuzasidan topshiriq berdi.
Favqulodda vaziyat davrida aholi har oyda yordam puli olishni boshlaydi. Bu ko`mak 3 milliondan ziyod fuqaroga berilishi mumkin. Vaqtincha ishsiz qolgan va daromad yo`qotgan kishilar egov.kz portaliga ariza berishi mumkin.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda COVID-2019ga chalingan soni 450 dan ortdi.