4 aprel 17:00 holatiga ko`raDavlat xizmatlari markazlariga 165 619 ta ariza kelib tushdi, ulardan respublika bo`yicha 23 546 ta ruxsatnoma berildi, 81 241 tasi rad etildi, 10 004 – ariza oluvchilarning o`zlari tomonidan qaytarib olindi. Bu haqda Agentlik o`zining telegram kanali orqali ma`lum qildi.
Ma`lumot o`rnida:
Davlat xizmatlari markazlari kunu-tun ishlamoqda. Shunga qaramasdan, shu paytgacha ko`rib chiqilmagan bir qancha arizalar to`planib qolgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislarimiz tomonidan 60 832 arizalarni ko`rib chiqish jarayoni davom etmoqda.
"️Ularni sifatli saralash va YHXDX idoralari bilan birgalikda ko`rib chiqib asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish uchun 2020 yil 4 aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha to`xtatishga majburmiz. Rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so`raymiz, chunki bu holat boshqa arizalarni ko`rib chiqish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Agar siz rad javobni asossiz deb hisoblasangiz, tushuntirish olish uchun @davxizmataloqa_bot, info@davxizmat.uz, 1148 ishonch telefoni orqali murojaat etishingizni so`rab qolamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va bizlarni tushunishingizga umid qilib qolamiz." deyiladi xabarda.
Qayta qabul qilish 2020 yil 6 aprel 18:00 dan boshlanadi.