Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgieva, jahon iqtisodiyoti deyarli to`xtab qolganligini, vaziyat esa 2008—2009-yillardagi jahon inqirozi davridan ham yomonroq ekanligini ma`lum qilgan.
“Biz XVJ tarixida hali hech qachon jahon iqtisodiyotining to`xtab qolganini ko`rmaganmiz. Biz tanazzulga yuz tutyapmz, bu jahon iqtisodiy inqirozidan ham yomonroq”, — degan Georgieva. — Koronavirus oqibatlaridan ko`proq rivojlanayotgan davlatlar jabr ko`rmoqda. Chunki ularda “bu ikki tomonlama inqiroz — sog`liqni saqlash va iqtisodiy inqirozdan himoya qilish uchun etaricha resurslar yo`q. Aslida, jamg`armaning 75 yillik tarixida hali biror marta bunchalik ko`p davlatlar favqulodda moliyaviy yordamga muhtoj bo`lmagan — bizga 85 ta davlat murojaat etdi, yana bir vaqtning o`zida.
Barcha talablarni qondirish uchun XVJ o`zining 1 trillion dollarlik butun zaxirasidan foydalanadi va favqulodda moliyalashtirish miqdorini 50 milliard dollardan 100 milliard dollargacha oshiradi.
XVJ asosiy xavfni iqtisodiyotning tiklanish imkoniyatiga putur etkazishi mumkin bo`lgan bankrotlik va ish joylarining qisqarishida ko`rmoqda.