Bugungi kunda Covid-19 pandemiyasi planetamizni buttunlay egallab ulgurdi. Butun dunyoda zavod va fabriklar, korxonalar, tashkilot va muassasalar o`z faoliyatini to`xtatgan. Hatto osmonlarga samolyotlar uchmayati. Mamlakatlararo poezd, dengiz yo`li hamda transport aloqalari cheklangan. Butun insoniyat bu ofat tez kunlarda barham topishiga umid qilayotir. Xo`sh, koronavirus oqibatida ayni kunda jahondagi vaziyat qanday? Ushbu savolga dunyo OAV xabarlariga tayanib qisqa satrlarda quyidagicha javob beramiz.
Dunyo miqyosida koronavirusdan zararlanganlarning umumiy soni 1 203 485 kishini tashkil etdi, 247 001 bemor sog`aygan, 64 784 nafari vafot etgan - Johns Hopkins University (https://coronavirus.jhu.edu/map.html)
Er sayyorasining deyarli yarim aholisi - 4 milliardga yaqin kishi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida o`z-o`zini izolyasiya qilgan. - CBS News
AQShda koronavirusdan zararlanganlarning umumiy soni 300 mingdan ortdi. Pandemiyaning asosiy o`chog`i Nyu-Yorkda vafot etganlar 3 500 nafar, ular orasida ikkitasi o`zbekistonlik.
Buyuk Britaniyada koronavirus pandemiyasi uch haftada eng cho`qqisiga ko`tariladi, shundan so`ng o`lim ko`rsatkichlari pasayib, taqiqlar bekor qilinishi va hayot tarzi normal holatga qaytishi mumkin. Biroq ijtimoiy masofani saqlash tadbirlari saqlanib qoladi.
Peru karantin qoidalarini yanada kuchaytirdi va qo`shimcha taqiq choralarini kiritdi. Unga ko`ra ayollar uydan seshanba, payshanba va shanba kunlari, erkaklar esa dushanba, chorshanba va juma kuni chiqishlari mumkin. Hech kim yakshanba kuni uydan chiqmaydi – Anadolu Agency
AQSh va Evropa Sovid-19 tarqalishini sekinlashtirish chora-tadbirlari sifatida aholini mobil telefon orqali kuzatishning misli ko`rilmagan strategiyasiga o`tishmoqda. Ushbu amaliyot Xitoy, Singapur, Isroil va Janubiy Koreyada keng qo`llaniladi - Wall Street Journal
Xitoy Buyuk Britaniyaga 300 ta SO`V (sun`iy o`pka ventilyasiyasi) apparatini insonparvarlik yordami sifatida jo`natdi – Financial Times
Ko`plab davlatlar chegaralarni yopib, karantin e`lon qilgan bir vaqtda Shvesiya hech qanday cheklashlarni joriy qilmadi va bu mamlakatga katta xavf tug`dirmoqda – Telegraph
Braziliyada "harbiy byudjet" kuchga kirdi. Unga ko`ra Covid-19 tarqalishiga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish engillashtiriladi, mamlakat Markaziy banki esa favqulodda vakolatga ega bo`ladi - Deutsche Welle
Filippin polisiyasi fuqaroni karantin rejimini buzganligi uchun otib o`ldirdi. Mamlakat prezidenti R.Duterte ilgariroq polisiya va harbiylarga karantin tartibini buzgan yoki pandemiya vaqtida muammo tug`dirganlarni otishga ruxsat bergan edi - Deutsche Welle
Slovakiya hukumati mamlakat sog`liqni saqlash jamoatchilik muassasasiga fuqarolarning mobil qurilmalaridan ma`lumotlarini yig`ishga ruxsat beradigan qonunni qabul qildi – The Hill
Ispaniya mamlakatda favqulodda tadbirlarni 26 aprelga qadar uzaytirdi – Financial Times
London qirollik kolleji olimlari Covid-19 alomatlarini kuzatish uchun ilova yaratishdi. Maxsus ilova orqali foydalanuvchilar istalgan alomatni belgilashadi, bu esa epidemiyani kuzatish imkonini beradi va shu orqali pandemiya tarqalishi mahalliylashadi. Ilova ma`lumotlaridan hukumat va tibbiy xizmat xodimlari foydalanishlari mumkin – The Conversation
EI qishloq xo`jaligida mavsumiy ishchilarga muhtoj. Sal avvalroq "o`ta muhim ishchilar" ro`yxati e`lon qilingan bo`lib, unga tibbiy xodimlar, yuk mashinasi haydovchilari va qishloq xo`jaligi ishchilari kiritilgan edi - Deutsche Welle
Malayziyalik ko`ngillilar 3D-printerda tayyorlangan tibbiy himoya qalqonlarini ishlab chiqish orqali koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot xodimlariga yordam bermoqda - Reuters
#vahimasizkarantin
#karantinbezpaniki