Kolumbiyaning Kukunuba shahridagi konlardan birida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda Tass.ru xabar berdi. Portlash natijasida 11 nafar konchi vafot etgan, 4 nafar kishi jarohat olgan.
Taxmin qilinishicha, ko`mir konida metan gazi to`planib qolgan. Portlash natijasida jarohat olgan va er ostida qolib ketgan 4 konchini qutqarib olishga muvaffaq bo`lindi. Ularning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli konda odatdagidan ko`ra ancha kamroq konchi bo`lgan. Bu esa qurbonlar soni ancha kam bo`lishiga olib keldi. Jurnalistlar tomonidan taxmin qilinishicha, konchilar shoshilinch davlat buyurtmasini bajarayotgan bo`lgan.
05.04.2020 14:45
Kolumbiyada konda portlash sodir bo`ldi, qurbonlar bor
